Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Foto: Pinterest
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Germaniyaning Lufthansa AG konsernining MDH davlatlaridagi hududiy direktori Ronald SHCHults bilan uchrashuvda Germaniya bilan muntazam aviaaloqani qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qildi.
SHCHultsning ta'kidlashicha, u O‘zbekistonga aviakompaniya tomonidan O‘zbekiston bozorida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganish maqsadida kelgan. Hozirda Lufthansa “Frankfurt-Boku-Ashxobod” yo‘nalishi bo‘yicha reyslarini “Frankfurt-Boku-Toshkent” yo‘nalishiga o‘tkazmoqchi. Bunda dastlabki bosqichda haftasiga 3 tadan reys amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni bunda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan. Uchrashuvda O‘zbekistonning hududiy, jumladan Qarshi va Andijondagi aeroportlariga “ochiq osmon” tamoyilini tatbiq qilish masalasi muhokama qilingan. Shu tariqa, O‘zbekistondagi hududiy aeroportlardan birini Lufthansa’ning tranzit xabiga aylantirish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, nemis aviakompaniyasi O‘zbekistonni Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga reyslari uchun tranzit xabi sifatida qo‘llashi mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.
Lufthansa 1993 yildan 2001 yilgacha Toshkentga muntazam reyslar amalga oshirgan, biroq yo‘lovchilar oqimi kamligi sababli ularni to‘xtatgan. 2010 yilda kompaniya bu reyslarni qisqa muddatga qayta yo‘lga qo‘ygan.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026