Lukashenko Putin va Nazarboyev uzr so‘rashgani haqida aytdi
Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tortishuvini izohlar ekan, yig‘ilishda barcha qatnashchilar bir-biridan uzr so‘raganini aytdi. Bu haqda «BelTA» xabar berdi
«U yerda shunday alg‘ov-dalg‘ov bo‘ldi... Nazarboyev uzr so‘ray boshladi. Darhaqiqat shunday bo‘ldi: biz yig‘ilishda bir-birimizdan uzr so‘radik. Ammo Rossiya OAV bu holatni boshqacha talqin qildi», deydi Belorussiya prezidenti.
Lukashenko izohlagan holat 6 dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatida sodir bo‘ldi. U Minskka sotilayotgan gaz narxi uchun Rossiya hukumatini tanqid qildi. Lukashenko belaruslik iste'molchilar uchun har ming kub metr gaz narxi 130 dollarni tashkil etishini, Rossiya qo‘shni hududlarida esa (masalan, Smolensk oblastida) faqatgina 70 dollar turishini aytdi.
Bunga javoban Putin agar Rossiya Belarusga gazni bozor narxida sotganida, unda uning narxi 130 dollar emas, balki 250 dollar bo‘lishini hamda kelgusi yildan Belorussiya gazni 127 dollardan sotib olishi mumkinligini bildirdi.
Keyinroq Lukashenko Vladimir Putin bilan yana bir bor uchrashish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024