Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning ma'lum qilişiça, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan yana bir bor uçraşiş niyatida. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. U bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari bilan Minskdagi uçraşuvda aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, ikki davlat örtasidagi munosabatlarda mavjud bölgan ayrim muammoli masalalarni muhokama qilmoqçi.
«Oçiğini aytadigan bölsam, biz Belarus - Rossiya özaro harakatlari yakunlarini sarhisob qilişga tayyorgarlik kördik. Biroq, savollar hali ham bor. Yaqin kelajakda, rossiyalik hamkasbim bilan birgalikda ularni hal qilişga urinib köramiz», - deya qayd etib ötdi Lukaşenko.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lukaşenko va Putin gaz narxi haqida tortişib qolgani xabar berilgandi.
Şundan söng Kreml Putin va Lukaşenkoning gaz böyiça tortişuviga izoh berdi.












