Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklarining 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:
a) har oylik maxsus ustamalar miqdorini:
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga tenglashtirilgan (Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasidan tashqari) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan, rahbarlar, rahbarlarning o‘rinbosarlariga va oliy ma'lumotli mutaxassislarga - tarif stavkasining 15 foizidan 30 foizigacha oshirish;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining tibbiyot xodimlariga tenglashtirilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, rahbarlar, rahbarlarning o‘rinbosarlariga, oliy ma'lumotli mutaxassislarga - tarif stavkasining 15 foizidan 50 foizigacha oshirish;
ushbu band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilmagan boshqa xodimlarga - tarif stavkasining 10 foizidan 30 foizigacha oshirish;
b) Ixtisoslashgan avtotransport bilan ta'minlash boshqarmasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Maxsus jamg‘armasi miqdorini mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan 25 foizigacha oshirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.
Hujjatda Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun 2018 yilda va kelrysi yillarda zarur byudjyet mablag‘larini ajratishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:58 / 14.05.2026
Behzod Normatov prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi
13:38 / 04.09.2025
Bosh vazir o‘rinbosari avtomobillar narxini “tartibga solish”ni buyurdi
11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
18:34 / 14.07.2025