Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda yana bir vazir ishdan ketdi, bosh vazirning ikki o‘rinbosari qattiq hayfsan oldi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xo‘shgeldi Mergenovni ishda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun sanoat vaziri lavozimidan ozod qildi.
TDX agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat vaziri vazifasini vaqtinchalik bajarish sanoat vaziri o‘rinbosari Tohirberdi Durxonov zimmasiga yuklatildi.
Boshqa buyruqlar bilan lavozim vazifalari yetarli darajada bajarilmagani hamda ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli davlat rahbari vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosarlari Esenmurod O‘rozgeldiyev va Miratgeldi Meredovga qattiq hayfsan berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Berdimuhamedov Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosarini ishdan haydagani, unga 11 oy davomida uch marcha hayfsan berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026