14 dekabr kuni Turkmaniston vazirlar mahkamasining majlisi davomida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sanoat sohasi böyiça boş vazir örinbosari Karim Durdimurodovni işdan böşatdi.

Karim Durdimurodov
Foto:Turkmenportal

TDX davlat axborot agentligi xabariga köra, davlat rahbari Durdimurodovni nazorati ostida bölgan vazirliklarda korrupsiya, davlat mulkini talon-toroj qiliş hamda qöşib yoziş holatlari avj olganligida ayblagan.

Xususan, uç kun ilgari işdan böşatilgan töqimaçilik sanoati vaziri Nepes Gayliyev poraxörlikda gumonlanmoqda.

Bundan taşqari, prezident vazir Garliq toğ-kon boyitiş kombinati moliyaviy masalalarining uddasidan çiqa olmaganidan norozi böldi.

Eslatib ötamiz, Karim Durdimurodov 2018 yilning yanvarida boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlandi. Işi davomida amaldorga uç marta hayfsan berildi, oxirgisi - 4 dekabrda.

Boş vazirning transport masalalari böyiça örinbosari Mamatxon Çakiyev sanoat böyiça boş vazir örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
 
Eslatib ötamiz, avvalroq Sooranbay Jeenbekov Qirğiziston butun dunyoga şarmanda bölganini aytib, transport vazirini işdan çetlatişni buyurgandi.