Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili bo‘ldi
Bugun, 18 dekabr kuni Filippinning Manila shahrida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasi – “IROC” (International Robot Olympiad Committee) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga ko‘ra Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi “IROC” Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili bo‘lishiga kelishildi.
Shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi “IROC” Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining hududiy musobaqasini o‘tkazish imtiyoziga ega bo‘lib, O‘zbekistondan milliy terma jamoani saralab olib, xalqaro olimpiadadagi ishtirokini ta'minlaydi, “IROC”ning xalqaro olimpiadasini kelgusida O‘zbekistonda o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu loyihadan asosiy maqsad O‘zbekistonda robototexnika sohasini ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish hamda yurtimizga xorij mamlakatlaridan iqtidorli yoshlarni keng jalb qilishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23–26 oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasi tashkil etilgandi. Shu munosabat bilan Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasi Toshkentda o‘tkazilgan“International Robotics Challenge” musobaqasi asosiy tashkilotchilarini 15–19 dekabrda Filippinning Manila shahrida bo‘lib o‘tadigan “IRO” xalqaro robototexnika olimpiadasining final bosqichiga taklif etdi. Ushbu olimpiada 1999 yildan buyon har yili muntazam o‘tkazib kelinadi va butun dunyo bo‘ylab 50 000 nafar ishtirokchini qabul qiladi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025