Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Venesuela dushmanlarining “yuragini sug‘urib olish”ga va'da berdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuela dushmanlarining “yuraklarini ularning yerlarida sug‘urib olish”ga va'da berdi, biroq shu bilan birga uning davlati hech kimga hujum qilishni istamayotganini qo‘shimcha qildi.
“Yerimizga kelishga jazm qiladigan dushmanning to‘g‘ri yuragiga borib, uning yuragini o‘zining yerida sug‘urib olish uchun tayyor turish kerak. Biz tinchlik istaymiz, biroq ko‘zimizni yuma olmaymiz”, deb aytgan Maduro mamlakatning ko‘ngilli qo‘shinlari oldidagi nutqida.
Venesuela prezidenti bosqinchilar “tirik ketmasligini”, chunki “xalq o‘z vatanini imperialistlar, oligarxlar va sotqinlardan himoya qiladi”. Maduroning aytishicha, ko‘ngilli jangchilar vatanni himoya qila olishi uchun barcha turdagi qurol, jumladan raketa va tanklarga egalik qilishi kerak. Maduro Venesueladagi ko‘ngilli qo‘shinlarning umumiy sonini 1,6 mln kishiga baholagan.
Maduro, shuningdek, Venesuelaga qarshi rejalar tayyorlash uchun javobgarlikni Kolumbiya prezidenti zimmasiga yukladi. Uning fikricha, Venesuelaga qarshi harakatlar Oq uydan AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton orqali moliyalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026