Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Facebook kompaniyalarga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotiga kirish imkonini bergan
Foto: REUTERS
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining rahbariyati texnologik kompaniyalarga avval ma'lum qilinganidan ham ko‘proq foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan. Bu haqda New York Times ichki hujjatlar va kompaniya xodimlari intervyusiga asosan yozmoqda.
Xususan, nashr 2017 yilda qaysi hamkor-kompaniyalarga ma'lumotlar taqdim etilayotganini kuzatish uchun shakllantirilgan ichki tizim hisobotlariga tayangan. Ulardan kelib chiqadiki, maxfiylik himoyasiga qaramasdan, Facebook ma'lumotlarga kirish imkoniyatini taqdim etgan. Hujjatlarda aytilishicha, bunday kelishuv 150dan ortiq kompaniyalarga foyda keltirgan.
Kompaniyaning maxfiylik va umumiy siyosat bo‘yicha direktori Stiv Satterfild so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarning hech biri foydalanuvchilar himoyasi yoki Facebook’ning Federal savdo komissiyasi bilan kelishuvini buzmagan. Shu bilan birga, Satterfildning tan olishicha, o‘tgan yil davomida kompaniya noto‘g‘ri qadamlar qo‘ydi. Uning taxminicha, ishonchni qayta tiklash uchun juda ko‘p ish qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook Isroil bosh vazirining o‘g‘lini bloklab qo‘ygani, u falastinliklarni «maxluq» deb atagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025