Facebook ijtimoiy tarmoğida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning öğli Yairga tegişli sahifa uning falastinliklar va musulmonlar haqidagi postlari uçun bloklab qöyildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Iordan ğarbiy qirğoğida Isroilning ikki fuqarosi öldirilgaç, Yair Netanyaxu öz postlaridan birida falastinliklarni «insoniy şakldagi maxluqlar», deb atadi, boşqa birida esa Isroilda musulmonlar bölmasligini xohlaşi haqida ma'lum qildi.
Köp sonli şikoyatlardan söng, Facebook postlarni nafratga ega xabarlar sifatida öçirib taşladi, biroq kiçik Netanyaxu yozuvlardan birining skrinşotini e'lon qildi hamda u bilan bölişişga çaqirdi. Natijada, ijtimoiy tarmoq 24 soat davomida boş vazir öğlining akkauntini bloklab qöydi. Naşrning qayd etişiça, şundan keyin u tvitterda mojaroli bayonotlar berişda davom etgan.
Netanyaxu oilasining rasmiy vakili bu holatga izoh bermadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi davlatlarini elçixonalarni Al-Qudsga köçirmaslikka çaqirgandi.












