Xalq ta'limi vazirligi saytida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi o‘zining rasmiy veb-sayti (www.uzedu.uz)da xalq ta'limi sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limini ishga tushirdi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda loyiha faqat Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishtirokida sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rahbar va pedagog kadrlarni to‘g‘ri tanlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini isloh qilish chora-tadbirlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan biri sifatida vazirlik rasmiy veb-saytida xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi va vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan yangi bo‘lim – bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limining ishga tushirilishi bo‘ldi.
Hozirda ish.uzedu.uz saytiga tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi maktablar, xalq ta'limi boshqarmalari, shuningdek Xalq ta'limi vazirligining respublika tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur tizim O‘zbekistonning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Yangi tizim yordamida O‘zbekiston aholisi xalq ta'limi tizimida bo‘sh ish o‘rinlar va lavozimga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishlari, o‘z rezyumelarini maxsus forma orqali yuborishlari mumkin. Shu bilan birga sayt viloyatlar va Toshkent shahri hududlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarining statistikasini ham ko‘rish imkonini beradi.
Bu haqda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Karimov quyidagilarni ta'kidladi: "Ushbu veb-saytni ishga tushirish orqali xalq ta'limi tizimida xodimlarni to‘g‘ri tanlash va ishga olishda hamda talabnoma beruvchilar o‘rtasidagi tanlovda shaffoflikni ta'minlash uchun birinchi qadamni qo‘ydik. Endilikda bitta bo‘sh joy uchun bir nechta nomzod mavjud bo‘lsa, bizda eng yaxshisini tanlay olish imkoniyati paydo bo‘ladi".
Tizim to‘liq ishga tushgach, barcha maktablar va xalq ta'limi boshqarmalari, shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni vazirlik rasmiy veb-saytining yangi bo‘limi orqali ishga qabul qilishi kerak bo‘ladi. Xodimni ishga qabul qilishda yangi tizimni chetlab o‘tgan xalq ta'limi tizimi rahbarlari lavozimidan ozod qilinishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi o‘z faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan faol joriy etmoqda. Jumladan, boshqarma xodimlari tomonidan xalq ta'limi tizimining turli tashkilotlari rahbarlik lavozimiga eng yaxshi mutaxassis kadrlarni saralash maqsadida nomzodlar bilan onlayn intervyular o‘tkazish tajribasi yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
07:50 / 26.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
10:20 / 21.10.2024