Jahon | 14:04 / 21.12.2018
3488
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyadagi ko‘mir konida portlash. 13 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/Stringer

Chexiyaning Karvina shahri yaqinidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters mahalliy OAVga tayangan holda xabar qilmoqda.

Konga egalik qiluvchi OKD kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 11 nafar qurbon Polsha fuqaroligiga ega, qolganlar - Chexiya fuqarolari.

Xabar berilishicha, metan konidagi portlash 20 dekabr, payshanba kuni, 800 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ayni paytda kompaniya vakillaridan izoh olishning imkoni bo‘lmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid