Mançesterda superalmaştiriş: Ole Gunnar Sulşer haqida batafsil
|16:40 / 22.12.201822 05319 min
«Fergyusonning murabbiy sifatidagi oxirgi öyini 5:5 hisobida tugagandi – u uçun faoliyatining mukammal yakuni. Men ham futbolçilarning xuddi şunday harakat qilişlarini, Dunyodagi eng zör muxlislar qarşisida futbol öynaşni yaxşi köradigan bolalardek zavq olişlarini istayman» (Ole Gunnar Sulşer)
2013 yilning may oyida Aleks Fergyuson murabbiylikdan ketgaç, «Mançester Yunayted» boşqa bir şotlandiyalik David Moyyes bilan olti yillik şartnoma imzoladi. Hali öşa şartnoma muddati tugagani yöq, «Yunayted»da esa, Moyyesdan keyin yana 3 murabbiy işlab ulgurdi. Törtinçi, ya'ni Fergyusondan keyin «Old Trafford»ga taklif etilgan beşinçi murabbiy 19 dekabr kuni rasman e'lon qilindi. U futbolçi sifatida şu yerda afsonaga aylangan, norvegiyalik mutaxassis Ole Gunnar Sulşerdir. Xöş, u haqida nimalarni bilamiz? Uning qöl ostida, umuman yaqin kelajakda «Mançester Yunayted»dan nimalarni kutiş mumkin? Şu savollarga javob izlab köramiz.
«SUPeRZAXIRA»
Ole Gunnar Sulşer «Mançester Yunayted»ning eng yorqin yillaridan bir parça hisoblanadi. Zero, «Bavariya»ga qarşi YeÇL finalidagi öşa afsonaviy gol ham aynan Ole tomonidan urilgan. Öşa öyin, umuman juda köp uçraşuvlarda zaxiradan tuşib, «Mançester Yunayted»ning joniga oro kirgan sobiq hujumçi endi murabbiy sifatida mavsum yarmidan yordamga keldi.
Sulşer 1973 yilda Norvegiyaning Kristiansun şaharçasida tuğilgan. Uning otasi Oyvind kuraş böyiça mamlakat çempioni sanaladi. Futboldagi ilk saboqlarini uçinçi ligadagi mahalliy klubda olgan Ole 1995 yilda «Molde»ga ötadi. Yuqori diviziondagi ilk mavsumida 42 öyindan 31 gol urgan va «norvegiyalik Alan Şirer» laqabiga loyiq körilgan yoş hujumçi Yevropaning maşhur klublari nazariga tuşadi va ularning orasida «Mançester Yunayted» ham bor edi.
1996 yilning yozida Fergyuson futbolçi uçun 1,5 million funtdan voz keçişga rozi böladi. «Blekbern»ga qarşi özining debyut öyinida gol urişga muvaffaq bölgan Ole tezda jamoaning asosiy hujumçilaridan biriga aylanadi va ilk mavsumdayoq 19 gol bilan jamoa bombardiri böladi. Qiziği, Sulşer Mançesterdagi sönggi golini ham aynan «Blekbern»ga qarşi öyinda, 2007 yilning mart oyida urgan.
Öşa afsonaviy 1998/99 mavsumi oldidan Sulşerning Mançesterni tark etişi haqida xabarlar köpayib ketgandi. Sababi, öşanda klub Duayt York bilan 12 millionlik şartnoma tuzgan va katta ehtimol bilan norvegiyalik hujumçi zaxirada qolişi mumkin edi. Fergyusonning işonçi va muxlislarning quvvatlaşi bilan Sulşer jamoada qolişga va asosiy tarkib uçun kuraşişga bel boğlaydi. Öşanda «MYu»da Koul-York juftligi haqiqatan ham asosiy öringa çiqib qolgandir, ammo bu şaroitlarda ham Sulşer öziga xos rolini topa oldi. «Liverpul»ga qarşi kubok uçraşuvidagi hal qiluvçi gol, va albatta, «Bavariya» darvozasiga urilgan öşa maşhur gollar Sulşerni «Yunaytedning superzaxirasi»ga aylantiradi.
Mavzuga oid
Yuqorida tilga olingan hujumçilardan keyin, klub jamoaga Ruud van Nistelroyni, Ronalduni, Runini, Saani va boşqa bir qator hujumçilarni olib keldi, ammo doim Sulşer öz örniga ega böldi, 2007 yilgaça «Old Trafford»da qolib, olti karra APL çempioniga aylandi. Şuningdek, bir qator rekord körsatkiçlar qayd etdi. Masalan, u 150 marta zaxiradan maydonga tuşib, 28 gol muallifi bölgan. «Notingem Forest»ga qarşi öyinda esa, u ikkinçi bölimda maydonga tuşib, tört gol uradi va bu borada Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiradi.
MURABBIYLIK
Mourino iste'foga çiqarilgan kuni «MYu» mavsum oxirigaça murabbiylik vazifasi Maykl Karrikka topşirilgani haqida xabar bergandi. Köpçilik Karrikning tayinlanişini «Real»dagi Zidan va Solari yoki «Barselona»da bir paytlar Pepning kelişiga öxşatişdi va optimistik qaraşlar paydo böldi. Ammo e'tibor bersak, Mayklning holati yuqoridagi nomlarnikidan farq qiladi. Agar öxşatiş mumkin bölsa, Pep yoki Zidanning tayinlanişiga aynan Sulşer varianti yaqinroq. Çunki, Maykl Karrik faqat Mourinoning yordamçisi sifatida faoliyat körsatgan, mustaqil ravişda biror jamoani şuğullantiriş tajribasi yöq. Sulşer esa, xuddi Zidan yoki Pep singari, öz vaqtida «Mançester Yunayted»ning yoşlar jamoasiga ustozlik qilgan.
2007 yilda «Mançester Yunayted»da örinbosarlar tarkibi hujumçilarini şuğullantirgan Sulşer mustaqil murabbiylik faoliyatini aynan şu yerda boşladi. 2008 yildan u yoşlar jamoasini şuğullantira boşladi va hatto jamoa finalda «Liverpul» ustidan ğalaba qozonib, Katta Lankaşir kubogini (1969 yildan beri ilk marotaba) qölga kiritdi. Keyingi yili şu tarkibi bilan zaxira jamoalar örtasidagi Premer Ligani ham yutib oldi. Öşa jamoa tarkibida hozirda «Mançester Yunayted»ning yetakçisi bölgan Pol Pogba va albatta, Jyessi Lingardning ham borligini alohida ta'kidlaş kerak. Sulşerning aytişiça, öşa paytlarda u akademiyadagi Markus Reşfordni ham kuzatgan, faqat u 3-4 yoş kiçik bölgani uçun, öz jamoasida öynatib körişga ulgurmagan.
2010 yilda u «Molde» boş murabbiyiga aylandi va ilk mavsumdayoq sobiq jamoasini tarixda ilk bor mamlakat çempioniga aylantirdi. Keyingi mavsumda ham «Molde» Norvegiya çempioniga aylandi, bir yil ötib, u klub bilan uçinçi sovrin – Norvegiya kubogiga ega çiqdi.
Öz vatanidagi muvaffaqiyatli mehnat murabbiyga APL tomonidan ham qiziqişga sabab böldi. 2014 yilning yanvarida mavsumni juda yomon boşlab, turnir jadvalini sönggi poğonasida borayotgan «Kardiff» uni «qutqaruvçi» sifatida taklif etdi. Ammo Sulşerning Angliyada omadi kelmadi. Dastlab u uelsliklarni Premer Ligada olib qololmadi, kelasi mavsumda Çempionşipdagi natijalar ham qoniqarli bölmagaç, sentabr oyidayoq iste'foga çiqarildi.
2015 yilning oktyabrida u «Molde» bilan yangi, uç yarim yillik şartnoma imzoladi. Ikkinçi davr xuddi birinçisidek muvaffaqiyatli çiqmadi, sababi, «Rusenborg» endi ança kuçaygan va çempionatdagi gegemonlikni öz qöliga olgandi.
19 dekabr kuni «Mançester Yunayted» Sulşer bilan aloqaga çiqdi va yil oxirigaça klub boş murabbiyligini taklif qildi. Norvegiya çempionati mart oyigaça tanaffusga çiqqanini e'tiborga olsak, «Molde» bilan kelişuvda muammo bölmadi. Norvegiya klubi, xabarlarda keltirilişiça, 500 ming funtdan kamroq pul evaziga boş murabbiyini «ijaraga berib turadigan» böldi. Agar Sulşer bilan şartnoma uzaytiriladigan bölsa, «Molde» yana qöşimça mablağga ega böladi. Zero, ma'lum bölişiça, Sulşerning «Molde» bilan şartnomasida «agar «Mançester Yunayted»dan taklif bölsa, qarşiliksiz qöyib yuborilişi haqida» alohida band bor ekan.
«OLD TRAFFORD»GA QAYTIŞ
Sulşerning «Old Trafford»dagi debyuti 26 dekabr, «Boksing dey» kuni böladi. Ya'ni, klub rahbarlari muxlislar uçun öziga xos bayram sovğasi tayyorlaşdi, deyiş mumkin. Ilk öyin esa, safarda, bir paytda Sulşer boş murabbiy sifatida faoliyat körsatgan «Kardiff»ga qarşi bölib ötadi.
Klubning hozirda böş bölgan Zidan yoki Konte kabi nomzodlar bilan şoşilinç muzokaraga kirişmay, mavsum oxirigaça vaqtinça murabbiy tayinlagani şuni körsatmoqdaki, klubda nafaqat murabbiy, şuningdek işlaş tizimi, rivojlaniş yönalişlari ham yangiça taşkil qilinişi mumkin. Xususan, şu paytgaça klubda mavjud bölmagan sport direktori lavozimi ham taşkil qilinmoqda, hatto bu vazifa uçun bir qator nomzodlar bilan munozaralar boşlandi. Sport direktori tayinlaş borasida Ser Aleks Fergyuson bevosida özi iştirokçi bölayotgani esa, vaziyatga naqadar jiddiy qaralayotganiga isbotdir. Demak, klub «MYu»ning muvaffaqiyatli yillarida ahamiyatli bölgan faktorlar böyiça iş olib boradi – hujumkor futbol, yoş futbolçilarga e'tibor beriş, aqlli transferlar eng muhim nuqtalardir.
Bugungi jamoani mana şu yönalişga tayyorlaş va «Mançester Yunayted» DNKsini uyğotiş uçun ham, aynan Sulşer kabi buni içkaridan yaxşi his qila oladigan odam kerak edi. Albatta, Maykl Karrik ham «MYu»ning «öz odami», lekin tajribaliroq Sulşerga murojaat qilinganidan yana bir narsani tuşuniş mumkin – klub rahbariyati uçun bu mavsum ham butunlay yakunlanmadi: albatta, jamoa özi iştirok etayotgan turnirlarda muvaffaqiyat qozoniş, APLda kuçli törtlik uçun ham harakat qiliş vazifasini heç kim kun tartibidan olmaydi.
Hammasini juda pozitiv nuqtada boşlaş va jamoa bilan tanişiş uçun juda qulay fursat. Töğri, APLda eng qiyin palla boşlanmoqda, jamoa 11 kun içida 4 öyinda maydonga tuşadi. Ammo raqiblar yangi öyinga moslaşiş, murabbiy uslubiga moslaniş uçun qulayroq ekanini ta'kidlaş kerak. Yuqorida tilga olingan «Kardiff» va «Haddersfild»dan taşqari, «Bornmut» va «Nyukasl»ga qarşi öyinlar bor. Keyin esa, Angliya Kubogida «Reding» bilan «Old Trafford»da öyin böladi. Ya'ni, 13 yanvar kuni «Tottenhem»ga safar oldidan 5 öyinda Sulşer muhim öyinlar uçun poydevor qöyib olişi, jamoa bilan yaqindan tanişişi mumkin. Sönggi paytlardagi natijalar esa, heç bölmasa, ilk fursatlarda Sulşerni ortiqça bosimdan ham xalos qiladi.
«Qisqa vaqtda 3-4 öyinda maydonga tuşiş jamoa uçun muammo tuğdirmasligi kerak, çunki bizda 23-24 nafar saviyali futbolçilar bor. Ularni yaqindan kuzatiş, turli bosim va şaroitlarda özlarini qanday namoyiş qilişlarini körişim mumkin. Futbolçilardan «Mançester Yunayted» futbolçisi böliş imkoniyatidan qanday foydalanmoqçi ekanliklarini namoyiş qiliş talab etiladi», – dedi Sulşer bu vaziyat haqida savolga javoban.
KeLAJAK
Fergyusondan keyingi davrda Sulşer kabi vaqtinçalik murabbiy holati bölgan. 2013/14 mavsum söngida David Moyyes iste'foga çiqariladi va çempionat tugaşiga 4 tur qolganda boşqa bir «Old Trafford» afsonasi Rayan Giggz futbol öynaş bilan birgalikda, boş murabbiylikni ham öz qöliga oladi. Tört uçraşuvda ikki ğalaba, bir mağlubiyat va bir durang. Giggz bu lavozimda vaqtinça ekanini bilib turgan va mavsum söngida Lui van Gaal jamoaga taklif etilgan. Ammo Giggzning Luiga yordamçi bölib qolişi va niderlandiyalik mutaxassisdan söng, aynan Rayan boş murabbiy sifatida işlaşi rejalaştirilgandi. Ammo Luining «Old Trafford»dagi faoliyati u qadar muvaffaqiyatli çiqmadi, uning örniga kelgan Mourino esa, boşqa yordamçilar bilan işlaşni ma'qul kördi.
Sulşerning holati Giggznikidan farq qiladi. Oldinda uni bemaqsad tört öyin emas, APLda kuçli törtlikka kiriş, Angliya kubogi va Yevropa Çempionlar Ligasidagi mas'uliyatli uçraşuvlar kutib turibdi. Ya'ni, oqibatda Sulşer rahbariyat va futbolçilarni töliq qanoatlantirişi va yana bir neça yilga bu lavozimda qolişi ehtimoli ham yöq emas.
Ammo bugun Sulşer özining vaqtinçalik ekanini biladi. «Mançester Yunayted» bemalol Poçettino yoki Zidan bilan muzokaralar ötkazişi, bunday xabarlar matbuotlarda tez-tez paydo bölişi mumkin – bunday holat Sulşerga ham u qadar yomon ta'sir qilmaydi. «MYu» rahbarlari esa, şoşilmasdan muzokaralarda orqalarida Sulşerdek «kozir» bilan harakat qilişlari mumkin. Ya'ni, Mançesterda hozir heç kim mağlub bölmaydigan variant hukm surmoqda.
Futbolçilarni boşqariş nuqtai nazaridan esa, Sulşerda yanada oson pozitsiyada turibdi. Sönggi oylarda «MYu»da har bir futbolçi öz darajasidan ança yomon öynaganda ham, boş aybdor sifatida Joze Mournio tilga olinaverdi. Futbolçilar esa, heç qanday bosimni his qilmagan holda mağlub bölaverişdi, motivatsiya kamaydi. Heç qaysi öyinçi öz darajasida yuqori öynolmadi. Yangi murabbiy bilan esa, bosim yanada oşadi. Endi masalan, Sulşer har qanday futbolçini tarkibga kiritmasligi mumkin. Bu qarorda murabbiy ayblanmaydi, «Joze davrida ham bu futbolçi öynolmayotgandi, demak gap özida ekan, murabbiyda emas», deb tuşunilaveradi. Qaysidir futbolçining yaxşiroq öynab ketişi esa, murabbiyning yutuği sifatida baholanadi. Demak, endi har bir futbolçi Sulşer qöl ostida eng yaxşi öyinini körsatişi şart – bu uning kelajagiga katta ta'sir etişini seza olsa, albatta.
«Men murabbiy bölganimda, öyinni Pol Pogba atrofida qurgan bölardim», – bu ham Sulşerning bir paytlar, Mançesterga kelmasidan oldin aytgan fikrlari. Demak, yoşligidan fransiyalik yulduzni tanigan Sulşer davrida Pogba yana eski darajasiga çiqişi kerak. Umuman, Pogba, Sançes, Marsiyal, Şou kabi kreativ futbolçilar aynan Joze Mourinoning öyin uslubidan norozi bölişgan, buning natijasida asosiy tarkibga tuşiş borasida muammolar vujudga kelgandi.
«Sulşer aslida Mourino emas, Lukakuning örniga kelişi kerak edi», – internetning hazillari tinmayapti. Ikkinçi mavsumida biroz tezlik yöqotgan bölsada Romelu ham balki Sulşerning asosiy quroli bölişi mumkin. Öyin uslubi unga öxşab ketadigan Erling Holand «Molde»da asosiy figuralardan biri bölgan va 18 yoşli hujumçi işonçni oqlay olgandi.
Şuningdek, Sulşer bilan birga jamoaga Mayk Felan qaytgani ham juda muhim voqea. Felan öz vaqtida Fergyuson ştabida asosiy figuralardan biri bölgan, keyin esa, Moyyes kelişi bilan Mançesterni tark etgandi. U xuddi Melesten kabi mustaqil şuğullanib kördi, «Norviç» va «Hall Siti» kabi klublarda işlab tajriba orttirdi. Uning ham «Old Trafford»ga qaytişi, Mançesterda nimadir tubdan özgariş arafasida ekanidan darak bermoqda.
USLUB
«Mançester Yunayted» an'analarini his qila oliş va ularga sodiqlik – Sulşerning boşqa ba'zi hamkasblardan köra ajratib turgan asosiy jihatlardan biri şu, albatta. Ammo murabbiy qanday futbol ğoyalarini tarğib qiladi va qanday falsafaga ega, bu ham muhim. Joze Mourino bir paytlar «Barselona» tizimida işlaganiga işoniş qiyin, töğrimi?
Şu örinda Ole Gunnar Sulşerning aynan Ser Aleks falsafasining davomçisi ekanini payqasa böladi. U futboldagi ilk murabbiylik faoliyatiga Fergyuson boşqargan «MYu»ning rezerv jamoasini şuğullantiriş bilan boşlagan. Demak, yoşlardan asosiy tarkibga mos va öxşaş falsafada töp suriş talab etilişini hisobga olsak, Sulşerni bemalol Fergyusonning şogirdi deyişimiz mumkin. Uning «Molde»dagi işlari ham şu yönalişda davom etgan, hatto bir kuni u Norvegiyada özining kiçik «Yunayted»ini qurganini ham aytib bergandi.
Birinçidan, u futbolçilik paytida hujumda töp surgan. Köpinça, zaxirada ötirgan futbolçilardan yaxşi murabbiy çiqişi, haqida hazil gaplar yuradi. Sulşerga kelganda, bu farazning jiddiy isbotini köriş mumkin.
«Men zaxira örindiğida ötirib, raqib himoyaçilarini kuzatardim. Qaysi himoyaçi qayerda köproq xato qilyapti, qaysi biri köproq çarçadi, qaysi biri bilan yuqori qavatda kuraşmaslik lozim – şu savollarga javob axtarardim. Maydonga tuşiş paytim kelganda esa, töplagan «ma'lumotlarim» menga asqotardi», – degan edi öyinga samarali qöşila oliş sirlari haqida söralganda Sulşer.
Ya'ni, undagi tahliliy, murabbiyça fikrlar öşa paytlardan beri bölgan va albatta, uning faoliyatida hujumlarni taşkil qiliş katta ahamiyat kasb etadi.
«Mançester Yunayte«»ga tayinlanişi aniq bölgan hamono, ijtimoiy tarmoqlarda uning «Molde»dagi maşğulotlardan birida futbolçilarga bergan tanbehi aylana boşladi. Albatta, Jozening himoyaviy uslubidan zerikkan muxlislar uçun Sulşerning qanday ğoyalarni tarğib qilişi juda qiziq tuyuladi.
«Sen nega darvozaga tepmayapsan? Seni goldan atigi 18 yard masofa ajratib turganida, töpni tepiş örniga, boşqaga pas berişga balo bormi?», – şogirdiga şunaqa ma'noda baqirib tanbeh berayotgan Sulşer mançesterlik muxlislar uçun çindan ham «qutqaruvçi» qiyofasida körinib ketgani tabiiy.
A clip of Ole Gunnar Solskjaer in training with Molde... least if we appoint him we won’t finish the match with 6 attempts on goal 😉pic.twitter.com/EY9cUQmxmI
Umuman olganda esa, Sulşerni Mourino yoki aytaylik, Gvardiola singari, ma'lum bir yönalişga tobe deyiş ham xato. Uning «Molde»si Norvegiya çempionatida töpni nazorat qiliş, töp uzatmalar miqdori, gol uriş, krooslar, raqib maydonidagi pressing va yana bir qator körsatkiçlar böyiça örtamiyona körsatkiçlar qayd etgan. Ya'ni, «Molde» ma'lum bir jihatga urğu qaratmagan, aksinça, Sulşerning uslubi köproq taktik moslaşuvçan va özgaruvçan. Raqibning holatiga qarab qarşi hujumda ham, töp nazorati yoki yuqori pressingda ham öynaş mumkin.
«Men alohida uslub haqida gapirmoqçi emasman. «Mançester Yunayted» ixtiyoridagi futbolçilar qaysi uslubda yaxşiroq özlarini körsata olişsa, şunga murojaat qilaman. Maqsadim ularga ğalaba qozonişni singdiriş», – Sulşerning bu gaplari biroz nokamtarlikdek tuyulsa-da, «Mançester Yunayted»ga boşqaça mentalitetdagi murabbiyning işlaşi tasavvurga siğmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi