Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 167 ming dollardan ortiq pulni o‘zlashtirganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi N.M. ismli shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 10 oktyabrdan 2018 yil 27 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yunusobod tumanida yashovchi N.M. Olmazor tumanida yashovchi X.B.ga o‘zini birja xodimi sifatida tanishtirib, unga Afrosiyob ko‘chasida joylashgan “Comfort Elit” nomli noturar binoni birja orqali sotib olib berishlikni va'da qilgan va undan 167 200 AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026