Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy birinchi tajribaviy aloqa sun'iy yo‘ldoshi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Xitoyda «Xun'yun» loyihasi doirasida birinchi tajribaviy aloqa sun'iy yo‘ldoshi parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, «Chanchjen-11» tashuvchi-raketasi Tszyutsyuan kosmodromidan samoga parvoz qilgan.
Sun'iy yo‘ldoshni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Xitoy aerokosmik fanlar va texnika korporatsiyasi 2022 yil oxirigacha 60 «Xun'yun» sun'iy yo‘ldoshini orbitaga uchirmoqchi.
Keyinroq ularga yana 200 ta kichikroq hajmdagi sun'iy yo‘ldoshlar qo‘shiladi va «Xun'yun» su'niy yo‘ldosh aloqasi tizimi shakllantiriladi.
Avvalroq Xitoy koinot parvozlari soni bo‘yicha AQSh va Rossiyani ortda qoldirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026