Erdo‘g‘an va Abbos elchixonalarning Al-Qudsga ko‘chirilayotganini muhokama qilishdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan telefon suhbati chog‘ida Isroildagi xorijiy diplomatik missiyalarning Al-Quds shahriga ko‘chirilayotganini muhokama qildi, deya Turkiya yetakchisi ma'muriyatidagi manbaga tayanib xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Turkiya va Falastin yetakchilari shanba kuni mintaqada ro‘y berayotgan voqealarni telefon orqali muhokama qilib olishdi. Erdo‘g‘an va Abbos turli mamlakatlarning o‘z elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chirayotgani borasidagi xatti-harakatlari bo‘yicha fikr almashib, Falastin masalasini hal qilishda to‘siq bo‘ladigan ushbu noto‘g‘ri qadamning oldini olishni muhokama qilishdi”, — deb xabar bergan manba.
Turkiya yetakchisi ma'muriyatidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Erdo‘g‘an Abbosga Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan.
70 yildan buyon davom etib kelayotgan Falastin-Isroil mojarosi bilan bog‘liq vaziyat hamon tarangligicha qolmoqda. AQShning Isroildagi o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirish borasidagi qarori vaziyatni yanada murakkablashtirdi va G‘azo sektori hamda Isroil chegarasida zo‘ravonlikning yanada avj olishiga turtki bo‘ldi.
Isroil Al-Qudsni sharqiy tumanlari va yarim asr muqaddam Iordaniyadan tortib olingan, keyinchalik anneksiya qilingan tarixiy markazi bilan o‘zining “yagona va bo‘linmas” poytaxti deya atab keladi. Jahon hamjamiyatining aksariyat qismi anneksiyani tan olmaydi va Sharqiy Al-Qudsni xuddi Iordan daryosining g‘arbiy sohili kabi bosib olingan hudud o‘laroq sanab keladi.
Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison G‘arbiy Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi to‘g‘risida bayonot bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hozircha elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirmaydi, lekin uni ochish uchun mos joy qidirishni boshlab yuborgan. Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olib Avstraliya AQSh, Gvatemala, Chexiya, Braziliya va Honduras kabi mamlakatlar qatoriga qo‘shildi
Mavzuga oid
14:47 / 07.11.2024
Falastin prezidenti va ADL bosh kotibi Falastin va G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
18:32 / 21.08.2024
Mahmud Abbos G‘azoga tashrif buyurishdan maqsad nima ekanini aytdi
21:33 / 18.08.2024