Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi
24 dekabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib bormoqda. Xususan, Tashqi ishlar vazirligining Senatga bergan hisobotida aytilishicha, yaqin kunlarda Guanchjou shahrida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonasi ochilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026