Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,7 milliondan ortiq fransiyaliklar ekologiya sababli hukumat bilan sudlashishga tayyor
Atrof-muhit muhofazasi borasida hech qanday harakat qilmaganligi sababli Fransiya hukumatini sudga berish to‘g‘risida e'lon qilingan petitsiya 1,7 milliondan ortiq imzo to‘pladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
O‘tgan haftada Notre Affaire à Tous, Fondation pour la Nature et l"Homme, Greenpeace France va Oxfam France nodavlat tashkilotlari L'affaire du Siecle saytida «Iqlim: harakatsizlikka chek qo‘yamiz, adolatga chaqiramiz!» deb nomlangan petitsiya e'lon qilgandi.
Petitsiya mualliflari «ekologik majburiyatlarga amal qilish va fransuzlarning hayoti, hududi hamda huquqlarini himoya qilishni talab qilish» maqsadida Fransiya hukumatini sudga berishga chaqirishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, petitsiyani 1,7 milliondan ortiq kishi imzolagan. Tashkilotchilar ikki millionta imzo yig‘ishni rejalashtirishgan.
Fransiya atrof-muhit muhofazasi vaziri Fransua de Ryuji fransuzlarning tabiatni muhofaza qilish borasidagi faolliklaridan «ajablanganini» bildirdi. U shuningdek, «mamlakat hukumatini sudga berish emas, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga chaqirilgan petitsiya bo‘lsa» o‘zi ham imzolashini aytdi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026