Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi huzurida Xalq salomatligi Milliy Kengashi tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi Milliy Kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi Milliy Kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi Milliy Kengashining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etishda hududiy hokimliklar va idoralararo, ayniqsa jamoat tashkilotlarining hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
aholining yoshi, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga bo‘lran layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom tyrmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me'yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini respublikaning barcha hududlarida samarali joriy etish ishlariga ko‘maklashish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha yuridik shaxslarning ish vaqti davomida 3-5 daqiqalik ishlab chiqarish gimnastikasi bilan muntazam shug‘ullanishlarini hamda barcha ommaviy axborot vositalarida har kuni uch marta (tonggi, kunduzgi va kechki) 3-5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ylotlari namoyishi va yoritilishini tahlil qilib borish;
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hayotga to‘laqonli joriy etilishini hamda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi Milliy Kengashi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi Milliy Kengashi tarkibi
A.N. Aripov - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri - Kengash raisi
A.A. Abduhakimov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Kengash raisi o‘rinbosari
T.K. Norboyeva - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi - Kengash raisi o‘rinbosari
Kengash a'zolari
D.H. Nabiyev - O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri
A.Q. Shodmonov - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri
I.U. Majidov - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri
Sh.X. Shermatov - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri
A.V. Shin - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri
J.A. Qo‘chqorov - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri
B.S. Sayfullayev - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Q.Q. Quronboyev - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Q.M. Rafikov - O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Sh.I. Jalilov - O‘zbekiston «Nuroniy» jamg‘armasi raisi
Sh.S. Javlonov - Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari
K.F. Bayazitov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sho‘'basi mudiri - Kengash mas'ul kotibi
Lavozimi bo‘yicha - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Jamoatchilik kengashi a'zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026