Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh janubiy chegarasini butunlay yopib tashlash bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh janubiy chegarasi to‘liq yopilishi mumkinligini bildirdi.
"Agarda demokrat-obstruktsionistlar bizga devor qurilishini yakunlash uchun pul berishmasa hamda mamlakatimiz o‘ralib qolgan bema'ni immigratsion qonunlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yishmasa, janubiy chegarani butunlay yopib tashlashga majbur bo‘lamiz", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
22 dekabr kuni AQShdagi qator federal muassasalar kongress yangi byudjyetni ma'qullamagani uchun o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgandi.
Donald Tramp agarda meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirish uchun 5 milliard dollar kiritilmasa, byudjyetni imzolamoqchi emas, demokratlar esa bunday xarajatni o‘z ichiga olgan hujjatni qo‘llab-quvvatlamayapti.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026