Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etildi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etildi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ko‘rsatilgan.
Hujjat bilan Malaka oshirish instituti faoliyatiga Ichki ishlar vazirligi umumiy rahbarlik qilishi belgilab qo‘yildi.
Qarorga muvofiq, Malaka oshirish instituti ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 243-uydagi bino va inshootlarning “V”, “G”, “D” va “Ye” korpuslariga joylashtiriladi.
Mazkur binoning “Ye” ma'muriy korpusida joylashgan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining tergov hibsxonasi yangi obektga ko‘chirilganidan so‘ng ushbu korpusga Malaka oshirish instituti joylashtiriladi.
Mavzuga oid
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
14:51 / 17.03.2026