O‘zbekiston | 20:51 / 29.12.2018
8761
2 daqiqa o‘qiladi

«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018 yil 20 avgustdagi PF-5517-son Farmoniga muvofiq “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin”, deyiladi qarorda. 

Hujjatga ko‘ra, boshqaruv xodimlari soni 5 nafardan iborat bo‘lgan “Namangan" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

Shuningdek, qaror bilan “Namangan" erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar, “Namangan" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. 

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan direksiyaga, kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan, 2019-2020 yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha zarur mablag‘lar hamda direksiyaning ustav fondini shakllantirishga 1 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini ta'minlaydi. 

Mavzuga oid