Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda saylovlardagi to‘qnashuvlarda 17 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshning turli joylarida parlament saylovlari o‘tayotgan vaqtda yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Star mahalliy nashri ma'lum qildi.
Halok bo‘lganlar orasida «Xalq ligasi» hukmron partiyasining 7 a'zosi va “Birlashgan umumiy front”dan 5 muxolif bor.
Turli siyosiy oqimlar tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Chittagong, Rajshaxi, Dinajpur, Rangamati, Bogra va boshqa bir qator shaharlarda yuz bergan. Politsiya saylov uchastkalariga hujum qilganlarni to‘xtatish uchun qurol qo‘llashiga to‘g‘ri kelgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, muxolifatdan bo‘lgan 40 dan ko‘proq nomzod ko‘plab qoidabuzarliklar va ma'lumotlarning soxtalashtirilishi sababli saylovlarda ishtirok etishdan voz kechgan.
Bangladeshda federal parlament va hududiy qonun chiqaruvchi organlarga deputatlar saylandi. Parlamentdagi 300 o‘rin uchun 1848 nomzod kurash olib borgan.
Saylovlarning yakuniy natijalari 31 dekabrda e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025