Jahon | 11:00 / 31.12.2018
3336
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi parlament saylovlarida hukmron koalitsiya g‘olib deb e'lon qilindi 

Foto: Anadolu Agency

Bangladesh saylov komissiyasi hukmron partiya “Avami lig” boshchiligidagi “Katta alyans” koalitsiyasini 30 dekabrda mamlakatda o‘tgan parlament saylovlari g‘olibi deb e'lon qildi.

Saylov komissiyasining yakuniy ma'lumotlariga ko‘ra, koalitsiya parlamentdagi 300 o‘rindan 288 o‘rin, yetakchi muxolif koalitsiya “Milliy yagona front” esa 7 o‘rin olgan.   

Shu tariqa, mamlakat bosh vaziri Shayh Hasana qatorasiga uchinchi marta 5 yillik muddatga saylandi.

Saylovda 100 mlndan ko‘proq saylovchi ishtirok etgan. Saylov vaqtida xavfsizlikni huquq-tartibot idoralarining 600 mingga yaqin xodimi ta'minlaganiga qaramay, ba'zi joylarda zo‘ravonlik holatlari qayd qilingan. Ular oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 200 dan ko‘proq odam jarohat olgan. 

Muxolifat ovoz berish natijalarini ko‘plab qoidabuzarliklar va natijalarning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘yilgani sababli tan olmayapti hamda saylovning “neytral hukumat” sharoitida qaytadan o‘tkazilishini talab qilyapti.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid