Hudud va salohiyati katta Navoiy viloyati hokimi bilan suhbat: Eng asosiy vazifa - tadbirkorlikni rivojlantirish
Mamlakatimiz viloyatlari orasida eng yoshi va tom ma'noda boy hududlisi Navoiy viloyatidir. Bugungi kunda viloyat har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylanib bormoqda. Navoiy mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat, Qoraqalpog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning umumiy maydoni110,99 ming kv. kmni tashkil etadi.
Viloyatda 900 mingga yaqin aholi yashaydi. Navoiyda 8 ta tuman bor: Xatirchi, Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq va Tomdi tumanlari. Ulardan tashqari viloyatda 2 ta yirik shahar — Navoiy hamda Zarafshon, 38 ta shaharcha va 54 ta qishloq fuqarolari yig‘inlari mavjud.
Kun.uz viloyat hokimlari bilan ochiq muloqot loyihasi doirasida Navoiy viloyatiga borib, viloyat rahbari Qobul Tursunovning faoliyatiga nazar tashladi. 2016 yildan beri viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Qobil Beknazarovich qabulida bo‘lib, viloyatda amalga oshirlayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan samimiy suhbatda bo‘ldi.
Tas-IX
YouTube
— Qobul Beknazarovich, suhbatimiz avvalida tugab borayotgan yilning Navoiy viloyatidagi yakunlariga to‘xtalsak. 2018 yil viloyat uchun qanday kechdi? Qanday qiyinchiliklarga duch kelindi va qanday muvaffaqiyatlarga erishildi?
— Umuman olganda, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarda, avvalambor, bitta umumiy maqsad — xalq farovonligi, yurtimiz ravnaqi, Vatanimiz obodligi yotadi. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan va amaliyotga joriy etilgan harakatlar strategiyasidagi besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha yil boshidanoq ishlab chiqilgan «yo‘l xaritalari», qolaversa, qabul qilingan dasturlar doirasida Navoiy viloyatida o‘tgan yildagidek 2018 yilda ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Yil boshida prezidentimiz tashrifi doirasida viloyatdagi mavjud muammolar va ularning yechimi borasida yig‘ilish bayoniga asosan, 120 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan edi. Bugungi kunga kelib o‘sha dasturdagi masalalarning 105 tasi o‘z yechimini topdi. Yil yakuniga qadar qolgan 15 tasini ham hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hammamiz bilamiz, Navoiy viloyati mamlakatimizning «oltin sandig‘i» hisoblanadi, Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar bizning yer osti boyliklarimiz tarkibida bor. Qolaversa, kon metallurgiya kombinati, «Qizilqumsement», «Navoiyazot», IES kabi yirik sanoat korxonalari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim o‘rin egallaydi. Shular qatorida, kichik biznes su'bektlarining faoliyatini ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zimmamizga bir qancha majburiyatlar olganmiz.
Oddiygina, byudjyet tushumlarining salmog‘iga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, kon metallurgiya korxonalarining salmog‘i 75 foizni tashkil etadi. Bunga yirik korxonalarning ham ulushi qo‘shilsa, natija qariyb 88 foizga yetadi. Bu nimadan dalolat? Avvalambor, azaldan sanoat korxonalarining ulushi salmoqli bo‘lib kelgani bois kichik biznes sub'yektlarining ulushi kichikroqdek ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan, biz 2018 yilning 1 dekabr holatiga 2543 ga yaqin yangi yuridik shaxs bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatga oldik. Eng e'tiborlisi, ularning 1800 ga yaqini kichik biznes sub'yektlaridir. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasiga alohida e'tibor qaratishimiz natijasida shu yilning o‘zida 4,1 ming YaTTlarning faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash nuqtai nazaridan, yil boshida 2018-19 yillarga mo‘ljallangan loyihalar ustida ish olib bordik. 6,4 trillion so‘mlik 512 ta loyihadan 900 milliard so‘mlik 380 dan ortig‘i ishga tushirishga muvaffaq bo‘lindi. Buni agar yo‘nalishlar kesimida oladigan bo‘lsak, yangi loyihalarning salmoqli qismi sanoat sohasiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, xizmat ko‘rsatish sohasiga taalluqli ekaniga guvoh bo‘lamiz. Mana shu ishlarning davomi o‘laroq, 2019-20 yillarga ham hozirdanoq loyihalarni shakllantirishni boshlaganmiz. Ularning soni hozircha 408 tani tashkil qilib, 7,1 trillion so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan.
Bulardan tashqari, rejalashtirilayotgan mazkur loyihalarimiz ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosida 460 million dollarlik 12 ta yirik, istiqbollilari bor.
Yana bir muhim jihatni tilga olib o‘tmoqchiman, o‘tgan yilning may oylarida prezidentimiz tashabbusi bilan Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida xalqaro biznes forum tashqil qildik. Unda 14 dan ortiq davlatdan 90 dan ortiq biznes sohasi vakillari ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan biznes forum viloyatga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘ldi. Agar yil boshida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qo‘shma korxonalarning soni 63 tani tashkil etib turgan bo‘lsa, 2018 yil 1 dekabr holatiga kelib102 taga yetdi.
Bularning bariga tarixiy qaror — valyuta oldi-sotdisining erkinlashtirilishi, shuningdek, viza rejimlarining soddalashtirilishi, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarga doir bir necha qarorlarning qabul qilinishi ortidan erishildi.
— Umuman, 2018 yil Navoiy viloyati uchun muvaffaqiyatli yakunlandi deya olamizmi?
— Men o‘z-o‘zimga «qilgan ishingdan qoniqdingmi?» degan savolni ko‘p berib turaman. Viloyat hokimi sifatida 2018 yilda bajarilgan ishlardan to‘liq qoniqish hosil qilganim yo‘q. Chunki bugungi globallashuv, manfaatlar to‘qnashuvi jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarimizdan ko‘ra, hali qilishimiz, amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan ishlarimiz juda ko‘p. Barcha sohaning negizida tadbirkorlik, uning manfaatlari yotadi. Har qanday davlatda iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch xususiy tadbirkorlikdir. Yuqorida qayd etib o‘tganimdek, viloyatda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hali oldimizda ko‘p vazifalar turibdi.
— Viloyat respublikadagi eng sanoatlashgan hududlardan biri sanaladi. Prezidentimiz kuni kecha mamlakatni sanoatlashtirish bo‘yicha yana qator islohotlarni belgilab berdi. Demak, bunday islohotlarning boshida Navoiy viloyati lokomotiv sifatida turadi. Yangi yilda yangi mas'uliyat, yangi marralarni zabt etish vazifasi paydo bo‘lmoqda. Viloyatda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha sizda qanday mexanizm bor?
— Umuman, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi viloyatimizdagi sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan sement mahsulotining 1/3 qismi, elektroenergiyaning 1/6 qismi, mineral o‘g‘itlarning 1/5 qismi Navoiydagi korxonalarning hissasidir. Rahbarlarning, bu viloyatda bo‘ladimi, tumandami, oldida turgan eng asosiy vazifa tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘lmog‘i kerak.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun nimalar kerak bo‘ladi? Avvalambor, mablag‘. Uni moliyaviy institutlar — banklar, kredit tashkilotlari beradi. Xorijiy investitsiyalarga ham zaruriyat tug‘iladi.
Bizda viloyat hokimligining tadbirkorlar uchun atalgan maxsus kuni yo‘q. Viloyatda qay bir tadbirkorning men bilan bog‘liq masalasi bo‘lsa ish kunining istalgan soatida men bilan cheklovlarsiz uchrasha oladi.
Bugungi kungacha viloyatimizga tashrif buyurgan xorijiy investorlar 91 ta kompaniya va korxonalarga daxldor bo‘lib turibdi.
— Navoiy geografik joylashuvi qulay viloyat. Viloyatda sanoat korxonalarini ochib yuritish uchun gaz, elektr, suv, yer muammosi deyarli yo‘q. Navoiyning shunday salohiyatini xorijiy davlatlarga chiqib taqdimot o‘tkazish bo‘yicha qandaydir ishlar amalga oshirildimi?
— Albatta. Yurtboshimizning tashabbusi bilan viloyat va tuman hokimlarining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbsarlari lavozimi joriy etildi. Bu lavozimlarga yosh, xorijiy davlatlarda o‘qib, ishlab tajriba orttirgan, shijoatli yosh kadrlar tayinlandi. Biz o‘zimizdagi bor imkoniyatlarning targ‘ibotini qilish nuqtai nazaridan 140 dan ortiq tadbirkorlarimizni xorijga xizmat safariga jo‘natdik. Maqsad — xorij tajribasini o‘rganish, ko‘nikmalarni egallash. Qolaversa, sanoat sohasi, turizm sohasini targ‘ibot qilish maqsadida bukletlar, kitoblar chop etib, xorijdagi elchixonalarimizga, qolaversa, yurtimizdagi xorijiy elchixonalarga tarqatganmiz. Sakkiz davlat elchixonalari xodimlarini viloyatga chaqirib, bu yerda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar borasida gaplashib oldik va ijobiy natijalarga ham erishdik. AQSh, BAA, Ukraina, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va Vengriya kabi davlatlar bilan qo‘shma korxonalarimiz o‘z faoliyatini boshladi.
Xurshid Daliyev va Shuhrat Shokirjonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
18:18 / 03.01.2025
Navoiyda “arizachi” Bosh prokuratura departamenti xodimlarini chuv tushirib, tezkor tadbirdagi pulni olib qochdi
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024