Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi boğçalarda bolalarga iste’molga yaroqsiz göşt berilayotgani aniqlandi. Bu haqda Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, tumandagi maktab va boğçalarda öquvçi hamda tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taşkil etiş holati jamoatçilik nazorati tartibida örganilgan. Jarayonda qator kamçiliklarga duç kelingan.

Jumladan, örganişlar natijasida ayrim maktabgaça ta’lim muassasalarida bolalar uçun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlaniş qoidalariga rioya qilinmayotgani kuzatilgan. Ba’zi boğçalarda esa göşt mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etilgan.

Federatsiya tumandagi aynan qaysi maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalarga iste’molga yaroqsiz göşt berilayotganini oçiqlamagan. Örganiş işlari davom etayotgani, uning yakunlari va aniqlangan kamçiliklar böyiça tegişli taşkilotlarga ma’lumot taqdim etilişi bildirilgan.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov oldinroq viloyatdagi maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazgandi. Viloyat rahbari uçraşuvda boğçalardagi kamçiliklarga töxtalib, 1 kun muddatda mas’ullardan “halollik va vijdon bilan işlaş” qasamyod xatini yozdirib oliş topşiriğini bergandi.