Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat Mudofaa vazirligining harbiy teatri bo‘yicha qaror qabul qiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr-studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Madaniyat vazirligining Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr-studiyasini yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar Teatrning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimizning merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targ‘ib qilish;
o‘sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyatini va ularning san'atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga o‘zbek milliy teatr san'ati tarixi asoslarini tanishtirish, yoshlar o‘rtasida teatr san'ati yordamida madaniy-ma'rifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilish;
yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr san'atiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;
o‘zida vatanparvarlik, insoniylik, milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;
turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, gastrollar, musobaqalar, taniqli san'at arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va o‘quv treninglari tashkil etish, ularni jahon madaniyati va san'atining yorqin namunalari bilan tanishtirish orqali ma'naviy o‘sishiga ko‘maklashish;
xalq va armiya birligining mustahkamlanishiga, davlat va jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obro‘sini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitutsion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy xususiyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mansublikdan g‘ururlanish hissini shakllantirish va rivojlantirish;
harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Teatr davlat madaniyat muassasasi hisoblanib, o‘z maqomiga ko‘ra davlat drama teatriga tenglashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi 458-son “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Teatrning badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchinchi guruh uchun belgilangan miqdorlarda, ijodiy (artist) xodimlari mehnatiga
haq to‘lash davlat drama teatri xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;
Teatr faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun ajratiladigan byudjyet mablag‘lari, chipta sotish va pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan byudjyetdan tashqari mablag‘lar, homiylik mablag‘lari, grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Teatr Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar ko‘chasi, 1/1-uy manzilidagi Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazining binosiga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
15:09 / 01.06.2026