21:01 / 01.01.2019
15648

Zangiota tumanida 3 kishi uyni isitmoqchi bo‘lib, vafot etgandi - Rasmiy 

Zangiota tumanida uyini isitmoqchi bo‘lgan xonadon egasi vafot etgandi. Bundan ikki yil avval yuz bergan voqea tafsilotlarini O‘zbekiston yong‘inga qarshi kurash jamiyati rahbari Alisher Hasanov Kun.uz'ga aytib berdi. 

«Uy egasi ko‘chadagi nomutaxassis kishi «mo‘rining og‘zini yopib qo‘ying, xona issig‘i chiqib ketmaydi», deb aytgan maslahatiga quloq tutib, barcha aytilgan ishni bajargan. Ertalabga qadar 3 kishi shu uyda hayotdan ko‘z yumgan», - deydi u. 

Ichki ishlar vazirligi 2017 yil mart oyida, deyarli Hasanov tasvirlagan holatga yaqin, baxtsiz voqeadan xabar bergandi. Unda ta'kidlanishicha, Zangiota tumanidagi xonadonlardan birida qo‘lbola isitish moslamasidan foydalanish oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida 15 kvadrat metr maydonda uyning tom, shift qismi va jihozlar yonib ketgan. Yong‘inni bartaraf etish payt uy egasining ham kuygan holdagi jasadi topilgani aytilgandi

Shuningdek, 2018 yilning 22 dekabr kuni Zangiota tumanida yashagan F.A. (ayol) uyida temir idishga ko‘mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko‘mir isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan

So‘nggi paytlarda uyni isitish maqsadida ko‘mir, o‘tin, ayrim hududlarda qo‘lbola moslamalardan foydalanishda e'tiborsizlik qilgan ko‘plab fuqarolar hayotdan ko‘z yumdi. ​

Mavzuga oid
Top