22 dekabr kuni Toşkent viloyatining Zangiota tumanida yaşagan F.A. (ayol) uyida temir idişga kömir yoqib, nazoratsiz qoldirişi oqibatida kömir isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, şuningdek, 22 dekabr kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yaşagan, G.T. (ayol) isitiş peçiga kömir yoqib, nazoratsiz qoldirişi oqibatida kömir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxda isitiş peçidan sizib çiqqan gaz tufayli bir oilaning 5 nafar a'zosi zaharlangandi.