Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon apparati rahbari iste'foga chiqdi
AQSh mudofaa vazirligi apparati rahbari kontr-admiral Kevin Suini iste'foga chiqdi. Suinining bayonoti vazirlik saytida berildi.
«Pentagondagi ikki yillik faoliyatimdan so‘ng xususiy sektorga qaytish vaqti bo‘ldi degan qarorga keldim», deb yozdi u.
Qayd etilishicha, Suini ushbu lavozimni 2017 yil yanvarida egallagandi.
Avvalroq mudofaa vazirligi rahbari Jyeyms Mettis iste'fosidan so‘ng vazirlik matbuot kotibi Dana Uayt iste'foga chiqqanini e'lon qilgandi. Hozirda Pentagon rahbari vazifasini Patrik Shanaxan vaqtincha bajarib turibdi. Mettis AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani sababli iste'foga chiqayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:54
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026