Sud tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashgan amaldorlarga jazo tayinladi
Farg‘ona viloyati Quva tuman ma'muriy sudi tomonidan tadbirkor faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzgan amaldorlarga jazo tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Quva tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi mutaxassisi Abdumuxtor Zokirov, Quva tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Nazarov hamda Quva tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Oybek Pozilov belgilangan qonun talablariga zid ravishda, ya'ni tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzib, o‘zboshimchalik bilan 2018 yil 28 noyabr kuni «Salohiddin imkoni» chorvachalik fermer xo‘jaligining faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan tadbirkor 12 dekabr kuni tuman prokuratura bo‘limiga murojaat qilgach, huquq-tartibot organi xodimlari nazorat tekshiruv tadbiri davomida shikoyatda keltirilgan holatga oydinlik kiritgan. Shuningdek, tuman amaldorlari huquqbuzarlikda ayblagan.
2018 yil 26 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Quva tuman ma'muriy sudi o‘z binosida mazkur ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, har uchala amaldorning harakatida huquqbuzarlik alomati mavjudligini aniqladi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241(2)-moddasi bilan ushbu kodeksning 33-moddasini qo‘llab, EKIH 3 baravarida (608,190 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirilgandi.
Hujjatga ko‘ra, davlat nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy faoliyatiga aralashmaslik;
tadbirkorlik sub'yekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va uning davlat tomonidan nazorat qilinishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub'yektining foydasiga talqin etiladi;
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning barvaqt oldini olish va profilaktikasi samaradorligini oshirishni ta'minlash.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi tibbiyot institutlari bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi
O‘zbekiston | 07:42
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda Hazrati Xizr majmuasiga va «Boqiy shahar» bog‘iga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 07:30
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

15:15 / 19.04.2025
“Birgina videosi YouTube’da 35 mln marta tomosha qilingan” - qo‘shtepalik yosh muhandis bunga qanday erishmoqda?

10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi

16:07 / 24.02.2025