«O‘yin qoidalari o‘zgardi». AQSh Suriyani tark etishi uchun Turkiyaga talab bildirdi
Oq uyning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton 7 yanvar kuni Quddusda bildirgan bayonoti davomida AQShning Suriyani tark etishi jarayoniga to‘xtalib, «o‘yin»da yangi shartni paydo bo‘lganini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, Turkiya Qo‘shma Shtatlarning ittifoqdoshlarini himoya qilishga rozi bo‘lishi, shuningdek, amerikaliklar Yaqin Sharqdan chiqib ketishi bilan Turkiya kurdlarga xavf solmasligi shart.
Prezident Donald Trampning Suriyadagi AQSh askarlarini chaqirib olishi to‘g‘risidagi keskin qarori ko‘p savollarni ochiq qoldirgandi. Ayniqsa, Suriyaning shimolida AQSh kuchlari bilan hamkorlik qilgan kurd jangarilari Turkiya tomonidan hujumga uchrashi mumkinmi?
Boltonning Isroil va Turkiyaga safari bu masalalarni hal etishi zarur edi. U Isroil rasmiylari bilan muzokaralar oldidan jurnalistlarga bergan bayonotida, jihodchilar guruhi «mag‘lubiyatga uchragan va o‘zini qayta tiklashga, tahdid qilishga kuch topmaydi», deb Suriyadan chiqish mintaqada kafolatlangan xavfsizlik sharoitini yaratish bilan amalga oshirilishini aytdi.
«Turkiya Suriyadagi kurd jangarilari xavfsizligini kafolatlamagunicha, AQSh mintaqani tark etmaydi», – deydi u.
Suriya YPG jangarilari IShIDga qarshi urushda juda samarali ish olib bordi. Ammo Turkiya uzoq yillardan buyon YPG bilan harbiy munosabatlar uchun Vashingtonni ayblaydi. Rasmiy Anqara YPG jangarilarini Turkiyaning sharqiy qismida yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida isyon ko‘targan Kurdiston qurolli guruhi – PKK'ning kengayishi sifatida qaraydi.