Jamiyat | 14:44 / 08.01.2019
9802
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada tezkor tadbirlar: qariyb 15 kg marixuana daliliy ashyo sifatida olindi

Foto: IIV axborot xizmati

2019 yil 6 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, tadbirlar natijasida “Qo‘shqo‘noq” MFYda yashovchi T.A.ning uyidan jami 14 kg 841 gr “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid