Jahon | 16:30 / 08.01.2019
15067
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya Amerikaning Suriyadagi bazalarini qo‘lga kiritishni istamoqda

Foto: AP Photo/Hussein Malla

Turkiya rasmiylari Anqarada AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Suriyadagi Amerika harbiy bazalari Turkiyaga topshirilishini yoki ular yo‘q qilinishini so‘raydi.  Bu haqda Hurriyet gazetasi yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya Suriya shimolidagi 22ta harbiy bazaning kurdlar qo‘liga topshirilishini qabul qila olmaydi.

Bolton Turkiyaga ikki kunlik tashrif bilan kelgan bo‘lib, Turkiya prezidenti rasmiy vakili Ibrohim Qalin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Avvalroq Bolton AQSh Suriyani tark etishi jarayonida Turkiya Qo‘shma Shtatlarning ittifoqdoshlarini himoya qilishga rozi bo‘lishi, shuningdek, amerikaliklar Yaqin Sharqdan chiqib ketishi bilan Turkiya kurdlarga xavf solmasligi shartligini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid