Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tokioning Moskvaga qanday taklif bilan chiqishini ma'lum qildi
Yaponiya Rossiyaga janubiy Kuril orollari bo‘yicha tovon puli talab qilish huquqidan o‘zaro voz kechishni taklif qiladi. Bu haqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan yozmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, o‘zaro e'tirozlardan voz kechish Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinch bitim bilan bir vaqtda ikki mamlakat tomonidan imzolanishi lozim. Yapon tomonining fikricha, da'volar tinchlik o‘rnatish bo‘yicha murakkab muzokaralarni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Tokio janubiy Kuril orollarini Rossiya «okkupatsiyasida» bo‘lgan o‘zining «shimoliy hududlari» deb ataydi, shu sababdan u Rossiyadan tovon to‘lash huquqi haqida ma'lum qilmoqda. Shu tariqa, hujjatga ko‘ra, Yaponiya bu da'volardan voz kechmoqchi.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Tokio yerga bo‘lgan huquqini yo‘qotgan, orollar sobiq aholisiga tovon pulini davlat g‘aznasidan mustaqil ravishda to‘lab berishi hamda ularni Rossiyadan talab qilmasligi mumkin.
Shu bilan birga, yapon tomonining fikricha, Moskva Kuril orollari bo‘yicha javob da'volar uchun hech qanday asosga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abe Rossiya bilan Kuril bo‘yicha muzokaralarga "nuqta qo‘yishga" va'da bergandi.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
20:40 / 27.06.2026