Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo IShID kuchlarining 99 foizi AQSh tomonidan yo‘q qilinganini aytdi
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilik guruhining 99 foizini yo‘q qildi. Bu haqda TASS Davlat departamenti xabariga tayangan holda ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Suriyada «juda muvaffaqiyatli kampaniya» o‘tkazdi. Shuningdek, uning va'da berishicha, Qo‘shma Shtatlar sobiq prezident Barak Obama ma'muriyati davrida yuz bergan holat - IShIDning kuchayishi yana takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni jiddiy tarzda kuzatib boradi.
«Biz IShIDning 99 foizini yo‘q qildik. Har bir yangilik materiali shundan boshlanishi kerak. To‘g‘rimi? Hamma rozimi?» - deya ma'lum qildi Pompeo.
Pompeo Ummonga parvoz qilayotgan vaqtda, samolyot bortida jurnalistlarga shunday bayonot bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Suriyada IShID ustidan g‘alaba haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026