Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Suriyada IŞID terrorçilari harbiy jihatdan mağlub etildi. Bu haqda u New York Times uçun maqolasida yozgan.

Turkiya yetakçisining sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp qöşinlarni olib çiqib ketiş haqida öz vaqtida e'lon qildi, ammo bu «Qöşma Ştatlar manfaatlarini himoya qiliş uçun şeriklar bilan rejalaştirilişi va amalga oşirilişi kerak».

Erdöğanning ta'kidlaşiça, 2016 yilda Turkiya IŞIDga qarşi kuraşiş uçun Suriyada yer usti qöşinlarini birinçi bölib joylaştirgan.

«Harbiy jihatdan IŞID deb ataluvçi guruh Suriyada mağlubiyatga uçratildi. Şunga qaramay, biz ba'zi taşqi kuçlar taşkilot qolgan qismini mamlakat içki işlariga aralaşiş uçun sabab sifatida işlatişi mumkinligidan taşvişdamiz», - deya qayd etib ötdi Turkiya prezidenti.

Uning ma'lum qilişiça, Anqara radikalizatsiya sabablarini bartaraf etiş uçun «keng qamrovli strategiya»ni taklif etadi.

Şuningdek, Rajab Toyyib Erdöğan The New York Times uçun maqolasida Anqaraning Suriyadagi vaziyatga yeçim topiş böyiça rejasi haqida gapirdi.

Uning ta'kidlaşiça, Turkiya radikalizatsiya sabablarini bartaraf etişga qaratilgan keng kölamli strategiya taklif qiladi, buning uçun «Suriya jamiyatining barça qatlamlari jangçilaridan» iborat turli «barqarorlik kuçlari» yaratiladi.

Şuningdek, Anqaraning rejasida hozirda IŞID terrorçilari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda mahalliy özini özi boşqarişni taşkil etiş nazarda tutilgan.

«Terrorçilik guruhlari bilan aloqaga ega bölmagan şaxslar mahalliy özini özi boşqariş organlarida öz jamoalari vakili sifatida iştirok eta oladilar», - deya qöşimça qilib ötdi Erdöğan.

Uning ta'kidlaşiça, asosan kurdlar yaşovçi hududlardan kurdlar jamoati delegatlari iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Turkiya AQŞdan Suriya böyiça yordam söragani haqida xabar bergandi.