AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tasodifan Atlantic naşri muharririni onlayn-çatga qöşib, harbiy ma’lumotlarning sizib ketişiga yöl qöydi. U yerda oliy martabali mulozimlar Yamandagi isyonçi husiyçilarga qarşi maxfiy zarbalar rejalarini muhokama qilişgan.

Avvaliga bu voqea haqida Atlantic muharriri Jeffri Goldbergning özi katta maqolasida ma’lum qildi, keyin esa ma’lumotni Oq uyning özi ham tasdiqladi.

«Biz begona raqam yozişmalarga qanday qöşilganini örganmoqdamiz», – dedi Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Brayan Hyuz.

«AQŞ milliy xavfsizlik rahbarlari meni Yamandagi bölajak harbiy zarbalar haqidagi guruh çatiga qöşişdi. Bu haqiqat bölişi mumkin deb öylamagandim. Ammo keyin bombalar tuşa boşladi», – deb yozgan Goldberg öz maqolasida.

Xabar qilişlariça, jurnalist 14 mart kuni Signal messenjeridagi «Houthi PC small group» nomli guruhga qöşilgan. Bu guruh, taxminiy ma’lumotlarga köra, prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Maykl Uolts tomonidan yaratilgan. Unda yuqori lavozimli rasmiylar, jumladan, vitse-prezident Jyey Di Vens, mudofaa vaziri Pit Hegset, davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff, maslahatçi Stiven Miller va boşqalar – jami 18 kişi iştirok etgan.

Çatda Yamanga zarba vaqti va ketma-ketligi, qöllanadigan qurol turlari, ehtimoliy siyosiy oqibatlar, Yevropaning reaksiyasi, operatsiyani keçiktiriş tarafdorlari va qarşi fikrlar kabi masalalar muhokama qilingan.

15 mart kuni soat 11:44 da Pit Hegset hujumning batafsil rejasini yuboradi. Oradan ikki soat ötmasdan – 13:45 da – Yaman poytaxti Sanoda kuçli portlaşlar röy beradi. Bu esa çatdagi yozişmalarning haqiqiyligini tasdiqlaydi.

Operatsiya yakunlanganidan söng guruhda tabriklar almaşilgan, hujum natijalari muhokama qilingan, husiyçilar yetakçilaridan biri nobud bölgan bölişi mumkinligi va zarbaning savdo aloqalariga ta’siri körib çiqilgan.

Jurnalist uşbu voqealardan söng guruhni tark etgan va undan na izoh, na sörov olingan.

Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi uşbu holatni quyidagiça şarhladi:

«Bu haqiqiy xabarlaşuv zanjiri bölgan. Jurnalistning qöşilişi tasodif bölgan. Yamandagi operatsiya muvaffaqiyatli ötdi, harbiylar uçun xavf-xatar yuzaga kelmagan».