Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyaning eng boy odamlaridan birining rafiqasi uchun kriptovaluta talab qilindi
Norvegiyaning Lerenskug kommunasida mamlakatning eng boy odamlaridan biri – sarmoyachi Tom Xagenning rafiqasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda VG nashri xabar berdi.
Politsiya vakili Tommi Breskening aytishicha, 68 yoshli Anne-Elizabet Falkevik-Xagen o‘z uyidan 31 oktyabrda o‘g‘irlab ketilgan, biroq tergov manfaati sababli shu paytgacha bu haqda ma'lum qilinmagan.
Jinoyatchilar ayolni o‘ldirish tahdidi bilan uni qo‘yib yuborish uchun 9 mln yevro pul talab qilishgan. E'tiborli jihati, ular bu pullarni Monero kriptovalutasida to‘lashni so‘rashgan.
Ta'kidlanishicha, ayol o‘g‘irlangan joyda norveg tilida politsiyaga murojaat qilmaslik haqidagi xatcha topilgan. Uyda buzib kirish izlari topilmagan, atrofda esa kuzatuv kameralari bo‘lmagani sabab jinoyatchilarni izlash qiyin kechmoqda. Politsiya guvohlar topilishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
08:03 / 13.11.2025
Norvegiya Ukraina kreditiga yakka holda kafil bo‘lishdan bosh tortdi
23:40 / 10.11.2025