Jahon | 09:51 / 09.01.2019
8856
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh gipertovushli snaryadlarni sinovdan o‘tkazdi

Foto: US Navy

AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘tgan yilning yozida USS Dewey eskadrilya mina tashuvchisida gipertovushli snaryadlarni sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda USNI News manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, USS Dewey standart palubali quroldan 20ta gipertovushli snaryadni otgan.

Qayd etilishicha, gipertovushli snaryadlar avvaliga elektromagnitli rels zambaragi uchun yaratilgan bo‘lgan.

Shu bilan birga, AQSh harbiylari yer usti artilleriya qurollarida gipertovushli snaryadlardan foydalanish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq butun dunyoda tinch aholi tobora qurollanib borayotgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid