Jahon | 08:55 / 09.01.2019
5367
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya delegatsiyasi Kanadaga maxfiy muzokaralar o‘tkazgani kelgan – OAV

Foto: REUTERS

Shimoliy Koreya delegatsiyasi 2018 yil sentyabri oxirida Kanada poytaxti Ottavaga maxfiy muzokaralar o‘tkazgani kelgan. Bu haqda Kanada hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda CBC telekanali xabar berdi.   

Manbalarning ma'lum qilishicha, muzokaralar 2 kun davom etgan. Ular davomida Kanada tomoni Shimoliy Koreyada yadroviysizlash va “inson huquqlari bilan bog‘liq jiddiy muammolar”ni hal qilish zarurligini ta'kidlab o‘tgan. 

Uchrashuv tashkillashtirilishi tafsilotlari noma'lum, biroq OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kanadalik diplomatlar uchrashuvdan mamnun qolganlar. 

Shu bilan birga Kanada tashqi ishlar vazirligi vakili Giyom Berube jurnalistlarga uchrashuv “Kanadaning Shimoliy Koreya bilan diplomatik munosabatlarida biror narsa o‘zgargani”ni isbotlamasligini aytgan. “Bizni Shimoliy Koreyada yadroviysizlash borasida aniq harakatlar yo‘qligi tashvishlantiradi”, deb aytgan Berube. 
 
Uning ta'kidlashicha, shimoliy koreyaliklar bilan muzokaralar Kanadaning ittifoqdoshlari, jumladan AQSh bilan dastlab muhokama qilingan.  

Rasman Kanada va Shimoliy Koreya 2010 yildan beri diplomatik aloqalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid