15:50 / 10.01.2019
17589

Turkiya AQSh talabiga bo‘ysunmasligini bildirdi

Foto: Vladislav Sergiyenko / RIA Novosti

Anqara Amerikaning Patriot zenit raketa majmualarini sotib olish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin, ammo agarda Vashington o‘z shartlarini ilgari suradigan bo‘lsa, bu amalga oshmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvi borasida Qo‘shma Shtatlar tomonidan qandaydir talablar qo‘yilishini qabul qila olmaydi.

5 yanvar kuni Amerika delegatsiyasi vakillari Turkiya TIV va mudofaa vazirligiga Patriot tizimi yetkazib berilishi evaziga S-400 sotib olish bo‘yicha buyurtmani bekor qilish talabini qo‘ygani xabar qilingandi.  

Moskva va Anqara 2017 yil sentyabrda Turkiyaga S-400 tizimini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shartnoma miqdori 2,5 milliard dollar bo‘lib, ushbu summaning yarmidan ko‘prog‘ini Rossiya krediti qoplaydi. 

AQSh va NATOning boshqa a'zolari ushbu shartnomaga qarshi chiqmoqda.  

Top