Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga desant kema jo‘natgani ma'lum qilindi
Foto: Jonathan Drake / Reuters
AQSh harbiy-dengiz kuchlari qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqishda himoya vositasi sifatida Suriyaga dengiz piyoda askarlari, vertolyotlar va boshqa aviatexnika bo‘lgan desant kema jo‘natdi. Bu haqda The Wall Street Journal Pentagondagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, gap Kearsarge kemasi haqida ketmoqda, uning bortida yuzlab dengiz piyoda askarlari bor. Ular Suriyani tark etayotgan amerikalik harbiylarga qo‘llab-quvvatlov taqdim etishi kerak.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning AQSh Turkiya amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurdlarni ta'qib qilishni to‘xtatmagunga qadar Suriyani tark etmasligi haqidagi bayonotiga qaramay, qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi buyruq kuchda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni boshlamagani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
09:40 / 31.01.2026