Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij markazida yuz bergan portlash natijasida 20dan ortiq kishi jarohatlandi
Foto: AFP/Getty Images
Parij markazida gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan portlash natijasida 20dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Parij prefekturasi ma'lum qildi.
BFM telekanalining xabar berishicha, jarohatlanganlarning bir necha nafari og‘ir ahvolda.
OAVning ma'lum qilishicha, portlash Treviz ko‘chasidagi non sexida gaz sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan. Portlash yuz bergan vaqtda sex ishlamayotgan bo‘lgan.
Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, to‘rt qavatli binoning birinchi qavatida joylashgan sex butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Yaqin atrofdagi uylarning deraza romlari sinib ketgan.

Yong‘in xavfsizlik xizmati qo‘shni binolarda evakuatsiya ishlarini olib bormoqda. Aksariyat ko‘chalar yopib qo‘yilgan. Xabar qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilarning harakatlariga qaramasdan, yong‘in davom etmoqda.
Forte explosion dans le 9e à Paris: un témoin raconte la scène pic.twitter.com/FJjFirLsgl
— BFMTV (@BFMTV) January 12, 2019
Mavzuga oid
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026