1 iyuldan boşlab yuridik va jismoniy şaxslarga qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştirişga ruxsat beriladi.
Xususiylaştirilgan yer uçastkalari Özbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bu nima uçun muhim?
1. Har qanday iqtisodiy faoliyatning muhim şarti – mulkdor huquqining himoya qilinişi ekanligi allaqaçon umume'tirof etilgan.
Kimdir xonadonini haşamatli qilib ta'mirlaş, yer uçastkasida öğli uçun uy quriş yoki yangi yer uçastkasi sotib olişga qaror qildi deylik. U birinçi navbatda quyidagilarni öylaydi: qurgan uyim buzilmasmikin, yerimni olib qöyişmasmikin (keling, hamma narsani öz nomi bilan ataylik)? Agarda vaziyat mavhum bölsa, buziliş yoki olib qöyiliş xavfi bölsa, u yaşaş şaroitini yaxşilaş uçun puli va mehnatini sarflamaydi.
Biznes uçun esa mavhumlik muammosi yanada dolzarb hisoblanadi. Bunda gap ança katta mablağ va yuzlab, minglab kişilar taqdiri haqida boradi. Yer oldingiz, zavod (kafe, magazin, omborxona va boşqalar) qurdingiz, odamlarni işga yollab, xöjalik faoliyatini boşladingiz. Va birdan yeringizni (qolgan mulklar bilan birgalikda) olib qöyişdi: yangi quriliş böladi, kimdir mulkingizga köz olaytirdi, raqobatçilar sizdan qutuliş yölini topişdi (keraksizini öçirib taşlang).
Agarda mulkdorlik huquqi himoyalanmagan bölsa, iqtisodiyotimizga investitsiya kiritişni istaydiganlar köp böladimi? Töğri: judayam kam böladi! Şu bois (va boşqa sabablar bilan) bizda investorlar juda kam. Natija esa aniq: raqobatbardoş işlab çiqariş kam, iş örinlari kam, maoşlar past.
Dunyoda eng qimmat yer Tokiodagi köçalardan birida joylaşgan. tabiiyki, köça osmonöpar binolar bilan töla: yerning har bir santimetri qimmat turadi. Va mana şu super haşamatli va zamonaviy inşootlar orasida kiçkinagina ikki qavatli uy joylaşgan. Judayam kiçkina, xunuk, şahar dizaynini buzuvçi uy. Badbaşaralikmi? Estetika nuqtai nazaridan javob beradigan bölsak, ha. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan esa ulkan yutuq: mulkdor huquqi himoyalanganligining belgisi! Bölib ham, qoğozda emas, amalda. Mana şu uy qurilgan yer kimgadir tegişli. Va uning egasi osmonöpar imorat qurişni ham, yerini sotişni ham xohlamaydi. Xohlamaydi, tamom-vassalom. Va heç kim unga qarşi heç nima qila olmaydi!











