Terma jamoamiz endigina bir öyinda maydonga tuşgan bölsa-da, uning atrofidagi muhokamalar, bahslar juda köp, avj pallasida deb aytsak ham böladi. Turli ölçovlarda turli xulosalar çiqarilişi mumkin bölgan masalalarda doim şunday böladi. Zero, Ummon bilan körsatilgan öyin va yakuniy natija bir-biriga mutlaqo zid körinyapti. Ğalaba qozongan bölsak-da, biz ğalabaga loyiq öyin körsatmadik, ustunlik raqib tomonida böldi. Bunday fikrlarda doim murabbiyning qöllagan uslubi, ğoyasi tanqid ostiga olinadi, axir tarkib jihatidan kuçli bölmagan terma jamoaga qarşi bemalol, pozitsion öyin körsatiş mumkin edi-ku, deyiladi.

Bilasizmi, «yaxşi öynaş» tuşunçasi har xil va ayniqsa, tomoşabin va murabbiy tomonidan qaralganda. Garçi öşa tomoşabin ham kuçli mutaxassis sanalsa-da. Çunki u öyinni çetdan kuzatadi, murabbiy esa, vaziyatga öyindan oldingi reja va körsatmalar qançalik bajarilganiga qarab baho beradi. Murabbiy uçun çiroyli öynaş emas, öyinni nazorat qiliş muhim.

Xöş, öyin qanday nazorat qilinadi?

Birinçi yöl. Töpni nazorat qiliş orqali

Ispan maktabi. Tiki-taka. Hozir butun dunyoda urf bölgan bu uslub orqali öyinni nazorat qiliş mumkin. «Töp senda ekan, raqib gol ura olmaydi». Jamoa butun öyin davomida töpga egalik qilişga harakat qiladi. Şu tariqa, butun öyin jamoaning nazorati ostida keçadi, raqibga juda kam imkoniyat taqdim etiladi. Misol uçun, «Barselona», «Mançester Siti» kabi jamoalar bu uslubni çöqqiga olib çiqqan hozir. Bunday futbolni namoyiş etiş uçun jamoa tarkibida mahoratli ijroçilar yetarli bölişi şart. Osiyo Kubogida masalan, Yaponiya terma jamoasi mana şunday futbol namoyiş qilişga intiladi.

Ikkinçi yöl. Raqibni nazorat qiliş orqali

Raqibning eng ustun jihatlarini örganiş va uni qurolsizlantiriş orqali öyinni buziş. Ana şundan keyin öz imkoniyatlaridan foydalaniş. Hatto hujumda ham raqib himoyasiga urğu beriladi, raqibning ojiz nuqtalari qidiriladi. Bu uslubda töpga egalik qiliş ham şart emas. «Töp senda bölmasa, xato ham kam böladi» – bu mana şu öyin falsafasining ilğorlaridan biri Joze Mourinodan iqtibos. Bunday öynaş asosan, juda kuçli öyinga va tarkibga ega bölgan raqiblarga qarşi qöl keladi.

Uçinçi yöl. Maydonni nazorat qiliş

Bu alohida bir ğoya emas, qaysidir ma'noda töpni va raqibni nazorat qiliş uçun qöllanadigan vosita hamdir. Maydonning har burçagida faollik, oçiq zonalar umuman qoldirmaslik va şu orqali raqibning yengil nafas olişiga yöl qöymaslik. Zamonaviy futbolda Simeonening «Atletiko»si va Allegrining «Yuventusi», qaysidir ma'noda «Tottenhem» ham mana şunday yönalişga kengroq e'tibor beradi. Intizomli va taktik könikmaga ega bölgan futbolçilar bilan bemalol maydonni nazorat qiliş va har qanday raqibga qarşi kuçli öyin körsatiş mumkin.