3-4-3 «himoyaviy» sxemami?

Avvalo şuni ta’kidlaş lozimki, sxema şunçaki, futbolçilar joylaşuvini közda tutadi xolos, ya’ni mustaqil ravişda jamoaning himoyaviy, hujumkor, töp nazorati yoki qarşi hujumga asoslangan ekanidan ma’lumot bermaydi. Markaziy himoyaçilar soni bittaga köp ekani bizni çalğitmasligi kerak, bu yerda jamoaning töp bilan va töpsiz qanday harakat qilişi, qanotdagilarning pozitsion hujumlarga qay darajada jalb qilingani muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy futbolda, masalan, Xabi Alonsoning «Bayyer»i uç markaziy himoyaçi bilan öynasa-da, himoyaviy deyişga til bormaydi, zero Grimaldo va Frimpong aynan oldingi çiziqdagi harakatlari bilan tanilgan bölib, mavsum davomida oddiy vingerlardan köproq gol+pas oçkolarini yiğişini guvohi bölganmiz. Aytmoqçimanki, 5-2-3 himoyaviy, agar bu 4-3-3 ga aylansa, hujumkor deb xulosa çiqarmaslik kerak.

Bizning holatimizda 3-4-3 köproq 5-2-3 ni anglatişi boşlanğiç joylaşuvda emas, qanotlarda asosan himoyaçilar töp surişi va ayniqsa, kuçli jamoalar bilan öyinlardagi pozitsion hujumlar taşkil etişda faol emasliklaridir. Aynan şu sababli, köpinça, oldingi çiziqda son jihatdan kamçilikka ega bölmoqdamiz va barçasi orqadagi ortiqça himoyaçida deb tuşunib qolinmoqda. Qatar bilan bölgani kabi, 4-3-3 ga ötganimizda faolaşişimiz ham şundan – endi himoyaçilardan kimdir ortiqça faol bölişi şart emas, son jihatdan bir futbolçi qöşildi. Aslida esa, Katanets közda tutgan sxemada ham öşa ustunlikni ta’minlaş mumkin.

Endi haqli savol tuğiladi – 5-2-3 da pozitsion hujumlardagi kamçilik uşbu sxemaning xususiyatlari futbolçilarda işlamasligi tufaylimi yoki Katanets bu sxemada aynan ehtiyotkorlikni nazarda tutadi xolosmi?

Maşaripov va Fayzullayev vingermi?

Avvalgi maqolalarda gaplaşgandik, uç markaziy himoyaçili sxema turliça qöllanilişi mumkin. 3-4-3 vingerlar bilan, 3-4-3 hujumkor yarimhimoyaçilar bilan, 3-4-1-2 ikki hujumçi va hokazo. Tan oliş kerak, Abbos ham, Jaloliddin ham qanotdan tezkor hujum qiladigan, aytaylik, Örunov, Hamdamov yoki Raşidov kabi futbolçilar emas. Har ikkisi ham şeriklari bilan kombinatsiya qilişi mumkin, kiçik zonalarda töpni saqlaş, töxtab turgan holda dribling qiliş, uzoqdan zarba beriş, ötkir pas uzatiş qobiliyatiga ega. Bundan taşqari, markazda Şukurov va Hamrobekov ekanini inobatga olsak, bizga qanotlardan köra, aynan markazga ötib harakatlaniş juda muhim hisoblanadi.