Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp hukumatni vaqtincha moliyalashtirish taklifini rad etganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachi senator Lindsi Gremning hukumatni vaqtincha moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifini rad etganini bildirdi. Moliyalashtirish Oq uy va kongress o‘rtasida Meksika bilan chegarada devor qurish masalasida paydo bo‘lgan kelishmovchilik tufayli vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgandi.
"Bu Lindsining taklifi edi, ammo buni rad etdim. Buning menga qizig‘i yo‘q – men muammoni ortga surishni emas, hal qilishni istayman", dedi Tramp senatorning budjet inqirozini vaqtincha bartaraf etish taklifi haqida.
O‘tgan yilning 22 dekabridan buyon AQShda budjet mablag‘lari yo‘qligi sababli federal hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.
Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
21:00 / 11.01.2026