Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro tibbiyot instituti Hindiston va Pokistondan 300 talabani qabul qiladi
2019-2020 o‘quv yilida Hindiston va Pokistonning 300 talabasi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘qishni boshlashi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Milliy palata ko‘magi bilan Buxoro tibbiyot instituti va Pokistonning "Asl Farma" kompaniyasi o‘rtasida shunga doir kelishuvga erishilgan.
Hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar joriy yilning yanvar oyi boshida Pokiston kompaniyasi direktori Alamgir Xon va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov o‘rtasida boshlangan.
Alamgir Xon tibbiy ta'lim sohasidagi hamkorlik salohiyati haqida so‘zlar ekan, kompaniyasining salohiyatli imkoniyatlari O‘zbekistonning tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida o‘qish uchun Hindiston va Pokistondan ming nafargacha talabani yo‘llash imkonini berishini ta'kidlagan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilida Buxoro tibbiyot institutiga 300 talabani o‘z ichiga olgan birinchi partiya yo‘llanishiga doir aniq kelishuvga erishildi.
"Buxoro Abu Ali Ibn Sinoning vatani sifatida tanilgan. Jahonga mashhur olim ko‘p jihatdan tibbiyotning "otasi" hisoblanadi. Shu bois pokistonlik hamkorning mamlakatimiz bilan hamkorlikni Buxoro tibbiyot institutidan boshlashi bejiz emas. Bunday yaqin hamkorlik har tomonlama, shu jumladan O‘zbekiston imidjining nafaqat turizm, balki professional kadrlarni tayyorlash, zamonaviy ta'lim, tibbiy ta'lim beruvchi mamlakat sifatida rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega", - deydi Izamov.

Erishilgan kelishuvlar 12 yanvar kuni Buxoro tibbiyot instituti rektori professor Amrillo Inoyatov hamda "Asl Farma" MChJ rahbari Alamgir Xon o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida o‘z aksini topdi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
12:10 / 27.05.2026