Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning vazifalaridan biri «kartellar»ni aniqlash va oldini olish bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mitaning asosiy vazifalari etib:
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta'minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ustun mavqeini suiiste'mol qilishi, “kartel” bitimlari va til biriktirishi, nohalol raqobatchiligini aniqlash va oldini olish;
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;
bozor ishtirokchilari, shu jumladan, tabiiy monopoliya sub'yektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, xizmatlar) foydalanishda teng sharoitlarni ta'minlash;
qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik va bitta qo‘mita tashkil etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
11:27 / 06.01.2026